Kassada ortiqcha amallar
Mahsulot topish, narx tekshirish yoki buyurtmani rasmiylashtirish uchun kassir ko‘p oynaga o‘tsa, xizmat sekinlashadi.
RETAILRetail / Chakana savdo
Retail biznesda kassir tez ishlashi, mahsulot narxi va qoldig‘i ishonchli bo‘lishi, rahbar esa filiallar bo‘yicha holatni kechikmasdan ko‘rishi kerak. POS, ombor va boshqaruv qismlarini bir-biridan ajratilgan dasturlar emas, yagona operatsion jarayon sifatida quramiz.
Do‘konlar, dorixonalar, showroomlar, filialli savdo tarmoqlari va kundalik kassir operatsiyalariga ega chakana savdo bizneslari uchun.
Har bir savdo nuqtasiga murakkab ERP kerak emas. Avval kassadagi real ish, qoldiq va boshqaruv ehtiyojlarini aniqlaymiz.
Retaildagi odatiy muammolar
Savdo nuqtasidagi kichik tafovutlar ko‘payganda umumiy boshqaruv va hisobot sifati pasayadi.
Mahsulot topish, narx tekshirish yoki buyurtmani rasmiylashtirish uchun kassir ko‘p oynaga o‘tsa, xizmat sekinlashadi.
Savdo va ombor alohida yuritilsa, tizimdagi qoldiq real mavjudlikdan farq qilishi mumkin.
Har bir filial ma’lumotni o‘z usulida yuritsa, rahbar umumiy holatni qo‘lda yig‘ishga majbur bo‘ladi.
Kassir, administrator va rahbarning huquqlari ajratilmasa, xato va noto‘g‘ri operatsiyalarni kuzatish qiyinlashadi.
Bergamot yondashuvi
POS interfeysi tezlik uchun, ombor qismi aniq qoldiq uchun, boshqaruv paneli esa nazorat uchun ishlashi kerak. Bu qismlar bir xil ma’lumot modeliga tayanadi.
Savdo kassada, qoldiq omborda, narxlar boshqa joyda va filiallar bo‘yicha hisobot alohida yuritilsa, xodimlar bir xil ma’lumotni qayta tekshiradi.
Savdo nuqtasidagi real kassir workflowi, mahsulot va qoldiq modeli, filiallar, rollar hamda rahbar nazoratini birgalikda loyihalaymiz.
Savdo, qoldiq, filial va foydalanuvchi operatsiyalari yagona qoidalar asosida ishlaydi va boshqaruv uchun tushunarli ko‘rinadi.
Retail tizimi
Tarkib biznes hajmi, filiallar, mahsulot turi, savdo ssenariylari va mavjud dasturlarga qarab tanlanadi.
Savdo va filial nazorati
Nazorat faolMahsulot qidirish, savdo, qaytarish, chegirma va boshqa kassir operatsiyalarini tez bajarish.
Smenani ochish-yopish, mas’ul xodim va operatsiyalar tarixini nazorat qilish.
Mahsulot kartalari, narxlar va savdo uchun kerakli atributlarni markazlashtirish.
Savdo bilan bog‘langan qoldiq, kirim-chiqim, inventarizatsiya va harakatlar.
Bir nechta savdo nuqtasini markaziy tizimda alohida huquq va ma’lumot bilan boshqarish.
Rahbar uchun operatsion ko‘rsatkichlar va mavjud tashqi tizimlar bilan ma’lumot almashinuvi.
Qachon custom retail tizim kerak?
Oddiy savdo nuqtasida tayyor POS eng to‘g‘ri tanlov bo‘lishi mumkin. Custom yechim standart mahsulot biznesning muhim operatsiyasini yopmaganda kerak bo‘ladi.
Joriy qilish jarayoni
Retail tizimida ortiqcha bitta bosish ham kun davomida yuzlab marta takrorlanishi mumkin. Shu sabab kundalik operatsiyalar birinchi o‘rinda turadi.
Kassir, administrator va rahbarning kundalik amallarini o‘rganamiz.
Mahsulot, narx, qoldiq va kerakli atributlarning manbasini aniqlaymiz.
Savdo, qaytarish, chegirma va smena ssenariylarini loyihalaymiz.
Nuqtalar, foydalanuvchilar va ularning kirish darajasini belgilaymiz.
Ombor, CRM, ERP, to‘lov yoki boshqa mavjud tizimlar bilan kerakli bog‘lanishni quramiz.
Kassadagi odatiy va xato ssenariylarini real ish oqimiga yaqin sharoitda tekshiramiz.
Real retail/POS tajriba
ProDoctors aynan dorixona biznesi uchun yaratilgan retail tizimdir. Unda POS savdo, mahsulot katalogi, narxlar, ombor qoldig‘i, filiallar, buyurtmalar va foydalanuvchi rollari yagona platformada bog‘langan. Boshqa retail loyihasida funksiyalar aynan ko‘chirilmaydi — real savdo jarayoniga mos qayta loyihalanadi.
ProDoctors case’ni ko‘rish


ProDoctors real pharmacy retail platformasi bo‘lib, POS, mahsulotlar, qoldiq, filial va buyurtmalarni yagona operatsion tizimda birlashtiradi.
Retail bo‘yicha savollar
Retail tizim tarkibi savdo nuqtalari, mahsulotlar, kassir workflowi, ombor va integratsiyalarga bog‘liq.
Ha. Savdo operatsiyasi qoldiqqa ta’sir qiladigan arxitektura qurish mumkin. Qoldiq uchun qaysi tizim asosiy manba bo‘lishi loyiha boshida belgilanadi.
Ha. Filiallarni alohida obyekt sifatida yuritib, ularning qoldiq, foydalanuvchi va savdo ma’lumotlarini markaziy tizimda boshqarish mumkin.
Ha. Rollar va ruxsatlar orqali har bir foydalanuvchi faqat o‘z vazifasiga mos amallarni bajarishi mumkin.
Agar mavjud tizimda API yoki boshqa ma’lumot almashish mexanizmi bo‘lsa, integratsiya qilish mumkin. Texnik chegaralar auditda aniqlanadi.
Narx filiallar soni, mahsulot modeli, POS ssenariylari, rollar, ombor, integratsiyalar va boshqa funksiyalar hajmiga bog‘liq.
Bepul avtomatizatsiya auditi
Kassada nima sekinligi, qoldiq qanday yuritilishi va nechta filial borligini ayting. Tayyor POS yetadimi yoki maxsus tizim kerakmi — birga aniqlaymiz.
Retail jarayonini audit qilish