DISTRIBUTIONDistribyutsiya / B2B savdo

Distribyutorlar uchun CRM: buyurtma, mijoz, qoldiq va savdoni yagona jarayonda boshqarish

Distribyutsiyada sotuv faqat mijoz kartasi bilan tugamaydi. Manager buyurtmani oladi, mahsulot mavjudligini tekshiradi, narx va shartlarni aniqlaydi, ombor yoki boshqa bo‘lim bilan ishlaydi va keyingi holatni kuzatadi. Shu oqimni bir-biridan ajralgan Excel, chat va dasturlar o‘rniga yagona jarayonga birlashtiramiz.

Distributorlar, ulgurji savdo kompaniyalari, bir nechta manager, ombor yoki filial bilan ishlaydigan B2B savdo bizneslari uchun.

Tayyor CRM yoki ERPni majburan joriy qilmaymiz. Avval sotuv, buyurtma va ombor orasidagi real bog‘liqlikni aniqlaymiz.

Distribyutsiyadagi odatiy muammolar

Buyurtma ko‘p, lekin ma’lumot managerlar va tizimlar orasida tarqalib ketsa

Distribyutsiya tizimida mijoz, buyurtma va mahsulot mavjudligi bir-biridan uzilib qolmasligi kerak.

01

Buyurtmalar turli kanallarda

Telegram, telefon, Excel va boshqa kanallardan kelgan buyurtmalar yagona navbatga tushmasa, ayrim so‘rovlar kechikadi yoki unutiladi.

02

Manager qoldiqni alohida so‘raydi

Sotuv xodimi mahsulot mavjudligini ombordan qo‘lda aniqlasa, mijozga javob berish vaqti uzayadi.

03

Mijoz tarixi to‘liq ko‘rinmaydi

Oldingi buyurtma, manager, status va kelishuvlar turli joylarda bo‘lsa, keyingi savdo qarorini qabul qilish qiyinlashadi.

04

Rahbar holatni kech ko‘radi

Buyurtmalar va managerlar bo‘yicha umumiy holat qo‘lda yig‘ilsa, muammo allaqachon kattalashgandan keyin ko‘rinadi.

Bergamot yondashuvi

CRMni ombor va buyurtma jarayonidan ajratmaymiz

Distribyutsiyada CRM, ombor va ichki boshqaruv bir-biriga bog‘liq. Shu sabab qaysi ma’lumot qayerda paydo bo‘lishi va qaysi tizim uning asosiy manbasi bo‘lishini oldindan belgilaymiz.

Muammo

Buyurtmalar Telegram, telefon va Excel orqali keladi, qoldiq alohida yuritiladi, manager esa mijoz va buyurtmaning joriy holatini turli joydan tekshiradi.

Yondashuv

Mijoz, buyurtma, mahsulot, qoldiq va mas’ul xodimlar orasidagi real jarayonni xaritalab, kerakli CRM, ombor va integratsiya qismlarini yagona workflowga bog‘laymiz.

Natija

Buyurtma va mijoz holati, mahsulot mavjudligi hamda mas’ullar bitta boshqaruv jarayonida ko‘rinadi.

Distribyutsiya tizimi

Ko‘p uchraydigan boshqaruv modullari

Har bir distributor uchun hamma modul shart emas. Tarkib savdo modeli, omborlar, managerlar va mavjud dasturlarga qarab tanlanadi.

SCMOperations Board

Buyurtma oqimi

Yagona oqim
01

Mijozlar va kontragentlar

Kompaniya, kontaktlar, mas’ul manager, aloqa tarixi va joriy holatni yagona kartada saqlash.

02

Buyurtmalar

Buyurtmani qabul qilish, statuslar, tarkib, mas’ul xodim va keyingi amallarni nazorat qilish.

03

Mahsulot va qoldiq

Managerga kerakli mahsulot va mavjud qoldiq bo‘yicha ishonchli ma’lumot berish.

04

Manager workflow

Vazifalar, follow-up, mas’ullar va kechikayotgan buyurtmalarni tushunarli ish navbatiga chiqarish.

05

Filial va omborlar

Bir nechta savdo yoki ombor nuqtalaridagi ma’lumotlarni kerakli huquqlar bilan markazlashtirish.

06

Hisobot va integratsiyalar

Savdo jarayoni uchun zarur ko‘rsatkichlarni chiqarish va mavjud hisob yoki boshqa servislarni API orqali bog‘lash.

CustomerOrderStockFulfillment

Qachon custom tizim kerak?

Tayyor CRM distributor jarayonining muhim qismini yopmasa

Agar tayyor CRM va ombor dasturi o‘zaro yaxshi ishlasa, yangi platforma yaratish shart emas. Custom yechim biznesning asosiy workflowi standart tizimga sig‘maganda foydali.

  • Managerlar buyurtma va qoldiq uchun bir nechta dasturga kiradi.
  • Mijozga beriladigan ma’lumot ombor holati bilan bog‘liq.
  • Bir nechta filial, ombor yoki savdo jamoasi mavjud.
  • Buyurtma statuslari biznesga xos bosqichlardan o‘tadi.
  • CRM, ombor va mavjud hisob tizimini integratsiya qilish kerak.

Joriy qilish tartibi

Distribyutsiya tizimini manager ekranidan emas, buyurtma oqimidan boshlaymiz

Mijoz murojaatidan buyurtma yopilishigacha bo‘lgan real jarayonni ko‘rib, keyin tizim chegarasini tanlaymiz.

  1. 01

    Savdo jarayoni auditi

    Mijoz qayerdan kelishi, manager qanday ishlashi va buyurtma qanday harakatlanishini o‘rganamiz.

  2. 02

    Ma’lumot xaritasi

    Mijoz, mahsulot, qoldiq, narx, buyurtma va status ma’lumotlarining manbalarini aniqlaymiz.

  3. 03

    Rollar va workflow

    Manager, rahbar, ombor xodimi va boshqa rollarning amallarini ajratamiz.

  4. 04

    Birinchi scope

    Eng muhim savdo va buyurtma jarayonini minimal ishlaydigan versiyada quramiz.

  5. 05

    Integratsiyalar

    Kerak bo‘lsa ombor, hisob, Telegram yoki boshqa mavjud servislarni bog‘laymiz.

  6. 06

    Real buyurtmalar bilan sinov

    Tizimni kundalik manager ssenariylari va xato holatlari bilan tekshiramiz.

O‘xshash operatsion tajriba

ProDoctors — distribyutsiya case’i emas, lekin mahsulot, filial, qoldiq va buyurtmalarni yagona platformada boshqarish bo‘yicha real tajriba

ProDoctors dorixona biznesi uchun yaratilgan. Unda mahsulot katalogi, filiallar, qoldiq, buyurtmalar, POS va foydalanuvchi rollari o‘zaro bog‘langan. Distribyutsiya loyihasida aynan shu yechimni ko‘chirmaymiz, lekin ko‘p modul va operatsion ma’lumotni yagona tizimga birlashtirish bo‘yicha real tajribadan foydalanamiz.

ProDoctors case’ni ko‘rish
ProDoctors PlatformReal loyiha ekranlari
OPERATIONSProDoctors — distribyutsiya case’i emas, lekin mahsulot, filial, qoldiq va buyurtmalarni yagona platformada boshqarish bo‘yicha real tajriba
PRODUCTSPRODUCTS real loyiha ekrani
POSPOS real loyiha ekrani
ProDoctors

ProDoctors dorixona biznesi uchun yaratilgan.

Distribyutsiya bo‘yicha savollar

Distributorlar uchun CRM va avtomatizatsiya haqida savollar

Tizim tarkibi savdo modeli, managerlar, omborlar, filiallar va mavjud dasturlarga bog‘liq.

Distribyutor uchun oddiy CRM yetadimi?

Agar jarayon faqat mijozlar va sotuv bosqichlarini boshqarishdan iborat bo‘lsa, yetishi mumkin. Buyurtma, qoldiq, ombor yoki boshqa hisob tizimi bilan kuchli bog‘liqlik bo‘lsa, qo‘shimcha modullar yoki integratsiya kerak bo‘ladi.

CRMda ombor qoldig‘ini ko‘rsatish mumkinmi?

Ha, agar ombor tizimida kerakli API yoki boshqa ma’lumot almashish imkoniyati bo‘lsa. Qaysi tizim qoldiq uchun asosiy manba bo‘lishi auditda belgilanadi.

Telegramdan kelgan buyurtmalarni tizimga ulash mumkinmi?

Kanal va API imkoniyatlariga qarab buyurtma yoki murojaatlarni yagona jarayonga avtomatik uzatish mumkin.

Bir nechta filial va omborni boshqarish mumkinmi?

Ha. Filiallar va omborlarni alohida obyekt sifatida yuritib, foydalanuvchilarga kerakli huquqlar berish mumkin.

Distribyutsiya tizimi qancha turadi?

Narx managerlar soni, buyurtma workflowi, mahsulot va ombor modeli, filiallar, integratsiyalar va mavjud tizimlar holatiga bog‘liq. Avval jarayonni tahlil qilamiz.

Bepul avtomatizatsiya auditi

Distribyutsiyadagi eng ko‘p qo‘lda bajariladigan jarayonni topishdan boshlaymiz

Buyurtmalar qayerdan kelishi, managerlar qanday ishlashi va qoldiq qayerda yuritilishini ayting. CRM, ERP, ombor yoki integratsiyadan qaysi kombinatsiya kerakligini aniqlaymiz.

Distribyutsiyani audit qilish