Leadlar turli kanallarda qolib ketadi
Telegram, telefon, Instagram yoki boshqa kanaldan kelgan murojaatlar yagona ro‘yxatga tushmaydi va qayta aloqa unutiladi.
CRMCRM / Sotuv avtomatizatsiyasi
Mijozlar Telegram, telefon, Instagram va Excel orasida yo‘qolayotgan bo‘lsa, tayyor qolipni majburan moslashtirishdan oldin jarayonning o‘zini tahlil qilamiz. Keyin murojaat, sotuv, vazifa va nazoratni bitta tushunarli tizimga birlashtiramiz.
Owner, CEO, COO, savdo rahbari va mijozlar bilan ishlaydigan jamoalar uchun.
Har biznesga katta CRM kerak emas. Ba’zan birinchi bosqich uchun mijozlar va buyurtmalarni boshqaradigan sodda panel yetarli bo‘ladi.
CRM qachon kerak bo‘ladi?
CRMning vazifasi ko‘proq tugma qo‘shish emas. Asosiy maqsad — mijoz bilan ishlash jarayonini ko‘rinadigan, boshqariladigan va o‘lchanadigan qilish.
Telegram, telefon, Instagram yoki boshqa kanaldan kelgan murojaatlar yagona ro‘yxatga tushmaydi va qayta aloqa unutiladi.
Rahbar qaysi mijozga kim javob berganini, keyingi qadam nima ekanini va qaysi bitim uzoq vaqt harakatsiz turganini tez ko‘ra olmaydi.
Bir nechta fayl va nusxa paydo bo‘lganda jamoa qaysi ma’lumot oxirgi ekanini aniqlashga vaqt sarflaydi.
Vazifa, qo‘ng‘iroq, uchrashuv va qayta aloqa alohida yuritilganda natijani xolis baholash qiyinlashadi.
Bergamot yondashuvi
Avval murojaat qayerdan kelishini, savdo qanday bosqichlardan o‘tishini, kim javobgar ekanini va rahbar qaysi ko‘rsatkichlarni ko‘rishi kerakligini aniqlaymiz. Shundan keyin CRM tarkibini belgilaymiz.
Mijozlar Telegram, telefon, Instagram va Excel orasida yo‘qoladi. Kim javob bergani, savdo qayerda to‘xtagani va keyingi qadam nima ekanini rahbar ko‘rmaydi.
Murojaat keladigan barcha kanallarni, sotuv bosqichlarini va xodim vazifalarini o‘rganamiz. CRM’ni tayyor qolipga emas, real ish jarayoniga moslaymiz.
Barcha murojaatlar, mas’ullar, holatlar va keyingi amallar bitta ish jarayonida ko‘rinadi.
CRM imkoniyatlari
Quyidagi modullarning hammasini birdan yaratish shart emas. Birinchi versiyada faqat biznes uchun real qiymat beradigan qismlarni ajratamiz.
Yangi murojaatlarni yagona ro‘yxatga yig‘ish, manbasini saqlash va mas’ul xodimni belgilash.
Bitim bosqichlarini biznesingizdagi real jarayon bo‘yicha qurish va har bir bosqichdagi holatni ko‘rish.
Aloqa ma’lumotlari, suhbatlar, vazifalar, buyurtmalar va muhim izohlarni bitta joyda saqlash.
Manager uchun aniq keyingi amal, muddat va mas’uliyatni belgilash.
Savdo holati, faol leadlar, managerlar ishlari va jarayonning muhim signallarini tushunarli ko‘rinishda chiqarish.
CRMni Telegram, to‘lov, SMS yoki boshqa mavjud tizimlar bilan API orqali bog‘lash.
Custom CRM kerakmi?
Bergamotning maqsadi har qanday holatda yangi CRM sotish emas. Tayyor servis biznesingizni yaxshi yopsa, uni ishlatish oqilona bo‘lishi mumkin.
standart savdo voronkasi va tayyor integratsiyalar yetarli bo‘lsa;
foydalanuvchilar soni va jarayon juda kichik bo‘lsa;
tayyor servisni to‘g‘ri sozlash vazifani tezroq va arzonroq hal qilsa.
Savdo jarayoningiz standart CRM qolipiga sig‘maydi.
Muhim jarayon uchun alohida modul yoki maxsus huquqlar kerak.
Bir nechta ichki tizim, Telegram yoki API integratsiyasi zarur.
CRM keyinchalik ERP, ombor, POS yoki boshqa modullar bilan kengayishi kerak.
Xodimlar tayyor CRMdan chiqib yana Excel va chatlarga qaytmoqda.
Joriy qilish jarayoni
Maqsad — uzoq texnik topshiriq yozib qo‘yish emas, balki birinchi foydali versiyaning aniq chegarasini topish.
Lead qayerdan keladi, kim ishlaydi, qayerda kechikish va yo‘qotish borligini aniqlaymiz.
Statuslar, rollar, huquqlar, mijoz kartasi, vazifalar va integratsiyalarni belgilaymiz.
Eng muhim jarayonni qamrab oladigan ishlaydigan birinchi versiyani ajratamiz.
Frontend, backend, ma’lumotlar bazasi va kerakli tashqi servislarni yagona tizim sifatida quramiz.
Real foydalanuvchi ssenariylarini tekshirib, tizimni ish jarayoniga kiritamiz.
Real foydalanishdan keyin yangi funksiyalar va integratsiyalarni ustuvorlik bo‘yicha qo‘shamiz.
Real loyiha
Govern kompaniyaning asosiy ish jarayonlarini bitta interfeysda birlashtiradi va jamoaga vazifalar, holatlar hamda mijozlar bilan ishlashni nazorat qilishga yordam beradi. Case sahifasida real loyiha ekranlari va yechim tavsifi mavjud.
Govern case’ni ko‘rish


Govern case sahifasida boshqa real ekranlar va loyiha tavsifi ham mavjud.
CRM bo‘yicha savollar
Aniq narx va muddat funksiyalar, foydalanuvchilar, integratsiyalar va mavjud jarayonga bog‘liq. Shuning uchun dastlab vazifani tushunib olamiz.
Bu biznes jarayoniga bog‘liq. Agar tayyor CRM kerakli jarayonlarni va integratsiyalarni to‘liq yopsa, yangi tizim yaratish shart emas. Maxsus CRM standart yechim biznesning muhim jarayoniga mos kelmaganda ma’noli bo‘ladi.
Ha, agar Excel orqali mijozlar, statuslar va vazifalar boshqarilayotgan bo‘lsa, CRM yagona ma’lumot manbasi, rollar va jarayon nazoratini ta’minlashi mumkin. Lekin avval jadvaldagi real jarayonni tushunish kerak.
API imkoniyatlariga qarab Telegram va boshqa kanallardan keladigan ma’lumotlarni CRM jarayoniga bog‘lash mumkin. Integratsiya ssenariysi mavjud tizim va kanal imkoniyatlari asosida tanlanadi.
Narx CRM degan nomga emas, foydalanuvchilar, rollar, funksiyalar, integratsiyalar, ma’lumotlar, dizayn, xavfsizlik va ishlab chiqish hajmiga bog‘liq. Dastlab jarayonni tahlil qilib, keyin bosqich va taxminiy diapazonni belgilaymiz.
Yo‘q. Ko‘pincha eng muhim savdo yoki mijozlar bilan ishlash jarayonini yopadigan kichikroq MVPdan boshlash xavfni va ortiqcha xarajatni kamaytiradi.
Bepul biznes avtomatizatsiyasi auditi
30 daqiqalik suhbatda hozirgi jarayon, asosiy yo‘qotish nuqtalari va avtomatlashtirish mumkin bo‘lgan qismlarni muhokama qilishdan boshlaymiz.
Bepul auditga yozilish