Buyurtma statusi noma’lum
Sotuv buyurtmani qabul qiladi, lekin ishlab chiqarish uni qachon boshlagani yoki qaysi bosqichda ekanini tez ko‘ra olmaydi.
MANUFACTURINGManufacturing / Ishlab chiqarish
Ishlab chiqarishda bitta buyurtma sotuv, rejalashtirish, material, ishlab chiqarish va ombor bosqichlaridan o‘tishi mumkin. Ushbu jarayonlar alohida Excel va dasturlarda yuritilsa, status va raqamlar mos kelmay qoladi. Tizimni real ishlab chiqarish oqimi atrofida quramiz.
Mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar, sexlar, buyurtma asosida ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va xomashyo hamda tayyor mahsulot harakatini nazorat qilishi kerak bo‘lgan bizneslar uchun.
MES yoki murakkab ERPni avtomatik taklif qilmaymiz. Avval qaysi jarayon va ma’lumot haqiqatan avtomatlashtirilishi kerakligini aniqlaymiz.
Ishlab chiqarishdagi odatiy muammolar
Bo‘limlar orasidagi ma’lumot uzilishi ishlab chiqarishning o‘zidan ham ko‘proq kechikish keltirib chiqarishi mumkin.
Sotuv buyurtmani qabul qiladi, lekin ishlab chiqarish uni qachon boshlagani yoki qaysi bosqichda ekanini tez ko‘ra olmaydi.
Material qoldig‘i qo‘lda tekshirilsa, yetishmovchilik ishlab chiqarish boshlanishiga yaqin paytda aniqlanishi mumkin.
Reja, fakt va statuslar alohida fayllarda yuritilsa, bir xil ma’lumotning turli versiyalari paydo bo‘ladi.
Buyurtma, material, ishlab chiqarish va ombor bo‘yicha ma’lumot qo‘lda yig‘ilsa, qaror kechikadi.
Bergamot yondashuvi
Tizim buyurtma qayerdan kelishi, qanday material kerakligi, ish qaysi bosqichlardan o‘tishi va natija qayerga tushishini aniq ifodalashi kerak.
Buyurtma, xomashyo, ishlab chiqarish holati va tayyor mahsulot qoldig‘i turli fayl yoki dasturlarda yuritilsa, qaysi ish qayerda turganini aniqlash qiyinlashadi.
Buyurtmadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan real oqimni xaritalab, materiallar, ishlab chiqarish bosqichlari, ombor, mas’ullar va integratsiyalar orasidagi bog‘lanishni loyihalaymiz.
Buyurtma holati, kerakli materiallar, ishlab chiqarish bosqichi va tayyor mahsulot ma’lumoti yagona boshqaruv jarayonida ko‘rinadi.
Manufacturing ERP
Har bir ishlab chiqarish bir xil emas. Modullar mahsulot turi, ishlab chiqarish modeli, material va mavjud tizimlarga qarab tanlanadi.
Buyurtmadan tayyor mahsulotgacha
Oqim xaritalanganMijoz yoki ichki buyurtmani, kerakli miqdor, muddat va joriy holat bilan boshqarish.
Kerakli materiallar, mavjud qoldiq va ishlab chiqarishga ajratilgan resurslarni nazorat qilish.
Buyurtmaning qaysi operatsiya yoki holatda ekanini tartibli workflow orqali kuzatish.
Mas’ul xodim yoki bo‘limga vazifa, muddat va kerakli ma’lumotni bir joyda berish.
Xomashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulot kirim-chiqimi hamda qoldig‘ini bog‘lash.
Jarayon holatini boshqaruvga chiqarish va mavjud ERP, accounting yoki boshqa tizimlar bilan bog‘lanish.
Qachon custom manufacturing tizim kerak?
Standart ishlab chiqarishda tayyor ERP yetarli bo‘lishi mumkin. Custom tizim jarayon, mahsulot yoki mavjud integratsiyalar juda o‘ziga xos bo‘lganda ma’no beradi.
Joriy qilish tartibi
Manufacturing tizimni ekranlardan emas, material va ishning haqiqiy harakatidan boshlash kerak.
Buyurtma qayerdan kelishi, qanday bosqichlardan o‘tishi va kimlar qatnashishini o‘rganamiz.
Xomashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulot ma’lumotlarining manbasini aniqlaymiz.
Bosqichlar, statuslar, mas’ullar va kerakli tasdiqlashlarni belgilaymiz.
Eng muhim ishlab chiqarish oqimini minimal ishlaydigan tizimga aylantiramiz.
Mavjud ERP, ombor, accounting yoki uskunadan ma’lumot olish zarur bo‘lsa, bog‘laymiz.
Tizimni haqiqiy ishlab chiqarish ssenariysi va xato holatlarida tekshiramiz.
O‘xshash tizim arxitekturasi tajribasi
Bergamot portfolio’sida hozircha alohida manufacturing case ko‘rsatilmagan. ProDoctors dorixona biznesi uchun yaratilgan bo‘lib, unda mahsulot, ombor, buyurtma, filial, POS va foydalanuvchi rollari yagona tizimda ishlaydi. Manufacturing loyihasida bu funksiyalar ko‘chirilmaydi; faqat ko‘p bog‘liq jarayonlarni yagona arxitekturaga birlashtirish tajribasi relevant.
ProDoctors case’ni ko‘rish


Bergamot portfolio’sida hozircha alohida manufacturing case ko‘rsatilmagan.
Manufacturing bo‘yicha savollar
Tizim tarkibi mahsulot, ishlab chiqarish modeli, ombor, material va mavjud dasturlarga bog‘liq.
Har doim emas. Ba’zi bizneslarda ombor va buyurtma boshqaruvi yetarli bo‘lishi mumkin. Auditda qaysi qismlar haqiqatan kerakligini aniqlaymiz.
Ha. Material ajratish yoki sarf qilish qoidalariga qarab ishlab chiqarish va ombor ma’lumotlarini bog‘lash mumkin.
Ha. Agar jarayon aniq bosqichlarga ajratilsa, buyurtmaning joriy bosqichi, mas’uli va keyingi amali ko‘rinishi mumkin.
Agar tizim API yoki boshqa ma’lumot almashish mexanizmini bersa, integratsiya qilish mumkin. Texnik imkoniyat auditda tekshiriladi.
Narx ishlab chiqarish bosqichlari, material modeli, omborlar, rollar, integratsiyalar va avtomatlashtiriladigan jarayonlar soniga bog‘liq.
Bepul avtomatizatsiya auditi
Buyurtma qanday kelishi, material qayerda yuritilishi va ishlab chiqarish qaysi bosqichlardan o‘tishini ayting. ERP, ombor yoki alohida custom tizimdan qaysi biri kerakligini aniqlaymiz.
Ishlab chiqarishni audit qilish